🎤 Mikael Sekeyra: “Safarda g‘alabaga erishish oson emas”

Coca Cola Superligasi 7-turida “Mash’al”ga qarshi o‘yindagi g‘alabadan keyin “Lokomotiv” bosh murabbiyi Mikael Sekeyra o‘z fikrlarini bildirdi.👇

– Bugun futbolchilar yaxshi o‘yin namoyish qilib berishdi. Ular berilgan ko‘rsatmalarni a’lo darajada bajarishdi. Aytishim mumkinki, o‘yin bizning rejamiz ostida o‘tdi. “Mash’al” jamoasini hurmat qilamiz, tarkibida juda yaxshi futbolchilar bor. Shuni inobatga olgan holda o‘yinga bo‘lgan tayyorgarligimiz kuchli bo‘ldi. “Lokomotiv” jamoasini tabriklayman. 3 ochko olganimizdan xursandman. Safarda g‘alabaga erishish oson emas. Ushbu g‘alaba navbatdagilari uchun kuch beradi. Shu yo‘lda davom etamiz.