“Lokomotiv”dan hafta yakunlari (26 aprel – 2 may) 🚂🗓

O‘tgan bir hafta ichida jamoalarimiz o‘tkazgan o‘yinlarni yodga olamiz.

✅ Asosiy jamoamiz
Mikael Sekeyra qo‘l ostidagi asosiy jamoamiz O‘zbekiston Kubogining guruh bosqich 3-turidan o‘rin olgan bahsda maydonga tushdi. Nukusda “Aral Samali” bilan o‘yinda “temiryo‘lchilar” 5:1 hisobida zafar quchishdi. Ushbu bahsda Aziz Amanovning dubli va Jaloliddin Jumaboyev, Ibrohim Gʻanixonov, Igor Chikrizov tomonidan kiritilgan gollar g‘alaba keltirdi. “Lokomotiv” guruhda birinchi o‘rinni egallab keyingi bosqichga yo‘l oldi.

⚽️ O‘zbekiston Kubogi. Guruh bosqichi. 3-tur. 28.04.2021
“Aral Samali” – “Lokomotiv” 1:5

✅ U-18 jamoamiz
27 aprel sanasida Respublika U-18 musobaqasiga start berildi. Vazgen Manasyan hamda Yuriy Vintovkin qo‘l ostida mazkur musobaqada qatnashayotgan futbol maktabimiz tarbiyalanuvchilari ilk turni “Qo‘qon-1912″ga qarshi o‘tkazib, 1:4 hisobida mag‘lub bo‘lishdi. “Temiryo‘lchilar” safida yagona gol muallifi Ali Abdurahmonov bo‘ldi. Undan keyin U-18 jamoamiz Gʻuzorga safar qilib “Sho‘rtan” U-18 bilan 1:1 hisobini qayd etdi. Dilshod Kurakboyevning goli yosh “temiryo‘lchilar”ga 1 ochkoni taqdim etdi.

⚽️ U-18 birinchiligi. 1-tur. 27.04.2021
“Lokomotiv” U-18 – “Qo‘qon-1912” U-18 1:4

⚽️ U-18 birinchiligi. 2-tur. 01.05.2021
“Sho‘rtan” U-18 – “Lokomotiv” U-18 1:1

✅ Ayollar jamoamiz
O‘tgan hafta “Lokomotiv-W” ayollar jamoamiz ikkita rasmiy uchrashuvda maydonga tushdi va ikkala o‘yinni safarda o‘tkazdi. Namanganda “Navbahor-W” bilan kechgan o‘yinda qizlarimiz 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, so‘ngra “Paxtakor-W” maydonida 2:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi. “Navbahor-W”ga qarshi bahsda Ro‘zixon Asqarova, Dildora Ergasheva, Jasmina Abduganiyeva gol muallifi bo‘lishdi. “Paxtakor-W” darvozasiga kiritilgan ikkita gol Dildora Ergasheva bilan Jasmina Abduganiyeva nomiga yozildi.

⚽️ Ayollar oliy ligasi. 3-tur. 27.04.2021
“Navbahor-W” – “Lokomotiv-W” 2:3

⚽️ Ayollar oliy ligasi. 4-tur. 02.05.2021
“Paxtakor-W” – “Lokomotiv-W” 3:2

✅ Futbol maktabimiz
Kecha, 2 may kuni Toshkent shahar chempionatining 8-tur bahslari o‘tkazildi. Bunda maktabimiz tarbiyalanuvchilari quyidagi natijalarni qayd etishdi. Shuningdek, shahar ikkinchi ligasida qatnashayotgan “Lokomotiv” 26 aprel kuni “Bunyodkor-A”ga qarshi maydonga tushib, 1:1 hisobini qayd etdi.

⚽️ 2005. BO‘SM-16 – “Lokomotiv” 2:6
⚽️ 2006. “Bunyodkor” – “Lokomotiv” 2:0
⚽️ 2007. “Lokomotiv” – “Bunyodkor-B” 4:1
⚽️ 2008. “BFK Aziya” – “Lokomotiv” 0:4
⚽️ 2009. TFA – “Lokomotiv-B” 1:0
⚽️ Ikkinchi liga. “Bunyodkor-A” – “Lokomotiv” 1:1