Bugun futbol. “Mash’al” – “Lokomotiv” ⚽️

Ikki haftalik tanaffusdan so‘ng Superliga bahslari yana davom ettirilmoqda. 👇

➡️ Bugun Muborakda “Mash’al” va “Lokomotiv” jamoalari o‘rtasida Superliganing 7-tur uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Turnir jadvalida “Mash’al” oltita o‘yindan so‘ng 6 ochko jamg‘argan holda 11-o‘rinni egallab turibdi. To‘plar nisbati 5-10. Muborakliklar shu paytgacha bir bor g‘alaba qozonib, ikkita o‘yinda durang o‘ynashgan va 3 marta mag‘lub bo‘lishdi.

➡️ “Lokomotiv” esa o‘tgan 6 turda 8 ochko to‘plab 7-o‘rinda boryapti. “Temiryo‘lchilar” hisobida ikkitadan o‘yinda g‘alaba, mag‘lubiyat va durang bor. To‘plar nisbati 8-8.

➡️ “Lokomotiv” bu yilgi chempionatning dastlabki ikki turida mag‘lubiyatga uchradi. So‘ngra ikki bor durang o‘ynab, oxirgi ikki uchrashuvda g‘alaba qozondi. “Temiryo‘lchilar” safarda “Surxon”ni va uyda “Bunyodkor”ni mag‘lub etishdi.

➡️ “Mash’al” ham mavsumni ikkita mag‘lubiyat bilan boshlab, 3-turni o‘z maydonida o‘tkazdi va “Metallurg” 2:1 hisobida mag‘lub etildi. Keyingi uch turda muborakliklar o‘z hisoblariga ikki durang va bir mag‘lubiyat yozib qo‘yishdi. “Mash’al” hozircha o‘z maydonida ikkita bellashuvda maydonga tushgan.

Coca Cola Superligasi. 7-tur. 05.05.2021
⚽️ MASH’AL – LOKOMOTIV

Bosh hakam: Rustam Lutfullin
Qanot hakamlari: Husniddin Shodmonov, Aleksandr Burov.
Zaxira hakami: To‘rabek Suyunov
Nazoratchi: Timur Abdullayev
Komissar: Shohruh Said

✅ O‘yinning boshlanish vaqti 17:00
📺 “Dunyo bo‘ylab” kanalida LIVE