O‘zbekiston Kubogining 1-turi doirasida “Andijon” maydonidagi g‘alabadan keyin “Lokomotiv” bosh murabbiyi Mikael Sekeyra o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.👇
– Chiroyli yutuq bo‘ldi. 3 kungina oldin “Bunyodkor”ga qarshi o‘yinda qatnashgandik. Shu boisdan dam olishga vaqt bo‘layotgani yo‘q. Tarkibimizda ro‘zador futbolchilar juda ko‘p. Ularning tiklanish jarayonini ham o‘tkaza olmadik. Shunga qaramasdan ular maydonda bor kuchi bilan o‘ynab, g‘alabani qo‘lga kiritish uchun intilishdi. O‘yinda yutish juda katta ahamiyatga ega edi va ular bunga erishishdi.
Oldingi ish joyim orqali Ramazon oyi haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lganman. Odatda bunday paytlarda futbolchilarga 2-3 kun dam berilardi. Shunga qaramasdan shogirdlarim o‘zini ko‘rsatayotganidan xursand bo‘lyapman. Biroq baribir futbolchilar dam olishi kerak. O‘z navbatida o‘yin boshlanish vaqti ham biroz kechroq bo‘lsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi. Ro‘zador futbolchilar uchun o‘yinlarning 16:00 yoki 16:30da boshlanishi biroz qiyinchilik tug‘diradi.