Ertaga “Lokomotiv” stadioniga keladigan muxlislar uchun iftorlik tashkil qilinadi

🚂 “Lokomotiv” PFK barcha musulmon ahlini muborak Ramazon oyi bilan qutlaydi.

➡️ Xabaringiz bor, ertaga TTZdagi “Lokomotiv” stadionida Superliganing 6-turidan o‘rin olgan “Lokomotiv” – “Bunyodkor” uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Toshkent derbisi maqomiga ega ushbu bahs nihoyatda qiziqarli kechishi kutilmoqda.

🙏 Ertaga o‘yinni kuzatish maqsadida stadionimizga tashrif buyuradigan ro‘zador muxlislar uchun “Lokomotiv” futbol klubi tomonidan iftorlik tashkil qilinadi. Shuningdek, tanaffus paytida ishqibozlarning namoz o‘qib olishlari uchun stadionda qulay sharoit yaratilmoqda.

✅ Eslatib o‘tamiz, “Lokomotiv” – “Bunyodkor” uchrashuvi soat 18:15da boshlanadi. Ertaga, 16 aprel kuni iftorlik vaqti soat 19:06da.

“Lokomotiv” stadioniga tashrif buyuring va ajoyib futbol spektakli guvohi bo‘ling. 💪