Superliga yakuniga 2 tur qolmoqda. Yakunlanayotgan mavsumda Aleksey Kozlov Superliganing eng ko’p pas o’ynayotgan darvozaboni bo’lib turibdi.
Rossiyalik kiperning ushbu mavsumdagi 669ta pasi aniq mo’ljalga borgan va bu 83 foiz aniqlikni tashkil qilgan.
Ushbu reytingning kuchli beshligi shunday ko’rinish olgan:
Aleksey Kozlov (“Lokomotiv”) — 669
Abduvohid Nematov (“Nasaf”) — 549
O‘tkir Yusupov (“Navbahor”) — 536
Farxod Raxmatov (“Qizilqum”) — 432
Botirali Ergashev (“Neftchi”) — 417

