🎤 Mirko Yelichich: “Bunday jamoalarga qarshi o‘ynashga ko‘nikib qoldik”

Jamoamiz bosh murabbiyi Mirko Yelichichning “Qizilqum”ga qarshi o’yindan keying fikrlari.

– Yoqimsiz va og‘ir o‘yin bo‘ldi. Bunday jamoalarga qarshi o‘ynashga ko‘nikib qoldik. Futboldagi barcha uslublarni o‘rganib chiqish kerak. Biz o‘zimiz istagan futbolni ko‘rsata olmadik. Birinchi bo‘limni o‘z darajadamizni ko‘rsata olmadik. Balki bu kayfiyat bilan bog‘liqdir. Raqiblar esa o‘yinni juda zo‘r boshlashdi. Goldan keyin esa tezlikni oshirishdi. O‘yinda ko‘p ham vaziyatlar bo‘lmadi, chunki jamoalar hududlarni yopishdi. Raqiblarning qarshi hujumlaridan keyin gol o‘tkazib yuborishimiz ham mumkin edi. Bu o‘yinni taxlil qilib chiqamiz. Barcha o‘yinlar qiyin o‘tmoqda, chunki jamoalar o‘z o‘rinlari uchun kurashishmoqda va vazifalarini bajarishga harakat qilishmoqda. Shu sababli jamoalar oson o‘yinlar o‘tkazishmayapti.

– “Qizilqum” shunday o‘yin ko‘rsatishini kutganmidingiz? Agar sir bo‘lmasa, bu raqibning himoyasini yorib o‘tish uchun qanday uslublarni ishlatmoqchi edingiz?
– Ularning “Neftchi”ga qarshi o‘yinini tomosha qildim, ular tezlik evaziga juda moslashuvchan jamoa. “Qizilqum”ga qarshi umuman boshqacha futbol ko‘rsatishimiz kerakligini bilardik. Bugun maydonni o‘rishmagani bizga biroz halaqit qildi. Chunki to‘p juda sekin harakatlandi. Bu atay qilinganmi, bilmadim. Balki bunga ham ahamiyat berib qo‘yish kerakdir. Biz Superliganing darajasini oshirishga harakat qilyapmizmi, demak, bunday detallarga ham qarash kerak. Shunchaki bu futbolning o‘sishiga yordam bermaydi. Biz to‘pni tezroq harakatlantirib, tezkor futbol namoyish qilmoqchi edik. Ammo maydon bunga qarshilik qildi.