🚂 “Lokomotiv” – “Nasaf” uchrashuvini UNWANTED BOYS bilan kuzatamiz

⚽️ 17-oktabr kuni “Lokomotiv” o‘z maydonida Qarshining “Nasaf” klubini qabul qiladi. Superliga 24-turidan o‘rin olgan bahs “Lokomotiv” stadionida bo‘lib o‘tadi va 18:00da boshlanadi.

✅ Shu kuni O‘zbekistondagi ilk media jamoa – UNWANTED BOYS yigitlari ham mehmonimiz bo‘ladi va muxlislar birgalikda chiroyli kechishi kutilayotgan futbolni kuzatib borishadi.

👉 Hozirda UNWANTED BOYS asoschisi Islom Abdujabborov bilan qiziqarli dastur ustida ish olib bormoqdamiz. Shuni aytishimiz mumkin, 1-2 sektorlar to‘liq UNWANTED BOYS muxlislariga ajratiladi.

✅ Muxlislarni ikkiga ajratib olish uchun 1-sektor “Real” fanatlariga, 2-sektor “Barsa” ishqibozlariga beriladi.

⚽️ Yanada qiziq voqelarga guvoh bo‘lishni istasangiz, 17-oktabr kuni stadionimizga tashrif buyuring va UNWANTED BOYS bilan birgalikda 🚂 “Lokomotiv”ni qo‘llab-quvvatlang.

👉 Har ikki sektorga kirish chiptalari bir xil bo‘lib, 20 ming so‘mdan xarid qilishingiz mumkin.