Jahon chempionatidan so‘ng Superliga 12-turiga start berildi va shu paytgacha tanaffussiz 11ta tur o‘tkazildi. O‘tgan ikki oyga vaqt mobaynida “Lokomotiv” jami 12ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib (11ta Superliga va bitta Kubok), shu o‘yinlarning oltitasida zafar quchdi.
Yana uchta uchrashuv durang bilan yakun topgan bo‘lsa, uchtasida “temiryo‘lchilar” imkoniyatni boy berishdi. To‘plar nisbati 23-14 ko‘rinish oldi, bu degani +9 natija bilan jamoamiz foydasiga.
17-iyul. Superliga 12-tur
“Paxtakor” – “Lokomotiv” 1:1
22-iyul. Superliga 13-tur
“Lokomotiv” – “Andijon” 3:3
27-iyul. Superliga 14-tur
“Lokomotiv” – “So‘g‘diyona” 3:1
1-avgust. Superliga 15-tur
“Buxoro” – “Lokomotiv” 2:1
7-avgust. Superliga 16-tur
“Lokomotiv” – “Dinamo” 2:1
15-avgust. Superliga 17-tur
“Qo‘qon-1912” – “Lokomotiv” 2:1
20-avgust. Superliga 18-tur
“Xorazm” – “Lokomotiv” 1:3
26-avgust. Superliga 19-tur
“Lokomotiv” – “Bunyodkor” 4:1
4-sentabr. Superliga 20-tur
“Navbahor” – “Lokomotiv” 1:1
11-sentabr. Superliga 21-tur
“Lokomotiv” – “Mash’al” 3:0
15-sentabr. Kubok 1/8 final
“Bunyodkor” – “Lokomotiv” 0:1
20-sentabr. Superliga 22-tur
“Lokomotiv” – “Neftchi” 0:1
Quvonarlisi, “Lokomotiv” qatorasiga 11ta bellashuvda gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Faqat “Neftchi” bilan oxirgi o‘yinimizda to‘p kirita olmadik. Jahon chempionatidan so‘ng o‘tkazilgan o‘yinlarda to‘purar hujumchimiz Temurxo‘ja Abduxoliqov o‘z hisobiga 5ta gol yozib qo‘ydi.
Shuningdek, Jasur Yaxshiboyev 4ta gol urgan bo‘lsa, Shodiyor Shodiboyev uchta, Sardor Mirzayev, Quvonchbek Abrayev, Suhrob Nurulloyev ikkitadan hamda Abdulloh Yo‘ldoshev, Nikolay Ivanov, Diyor Turopov, Ja’far Bahodirov bittadan to‘p kiritishdi.

