Jamoamiz bosh murabbiyi Mirko Yelichichning “Bunyodkor”ga qarshi o’yindan keying fikrlari.
– Futbol – adolatsiz o‘yin. 95 daqiqa davomida futbol o‘ynab, ikkita standart vaziyatda oddiy gol o‘tkazib yuborish alamli. Jamoam maydonda namoyish etgan o‘yin menga yoqdi. Raqibni uch ochko bilan qutlayman. Bugun raqibimizning uslubi ish berdi.
– “Lokomotiv” ketma-ket ikkinchi mag‘lubiyatga uchradi. Jamoaning mavsumning dastlabki uch turida qayd etgan natijasi tasodif edi, “Lokomotiv” endi o‘zining haqiqiy o‘rniga qaytdi degan fikrlarga qanchalik qo‘shilasiz?
– Biz chempionatdagi har qanday raqibni mag‘lub etishimiz mumkin. Shuningdek, har bir raqib ham bizni yengish ehtimoli yo‘q emas. Bizning maqsadimiz va yo‘limiz boshqa. Biz har bir o‘yinda qaysi jihatdan kuchliroq bo‘lishimiz mumkinligi haqida o‘ylab maydonga tushamiz. Menimcha, bugun unchalik yomon o‘ynamadik. Futbol shunday o‘yin. Ayrim vaziyatlarda rejalar o‘xshamaydi qoladi. Statistikaga qarasangiz, bugungi o‘yin kimning ustunligi ostida o‘tganini ko‘rasiz va savolingizga javob topa olasiz.

