“Lokomotiv” yangi mavsum oldidan tarkibini kuchaytirishda davom etadi.
O’tgan yillar davomida “Navbahor” tarkibida o’ynagan 19 yoshli yarim himoyachi Sherzodbek Abdulboriyev jamoamiz a`zosiga aylandi.
O’tgan mavsumda “Navbahor” tarkibida U21 chempionatida 28 o’yinda harakat qilib, 2 ta gol urgan yarim himoyachi navbatdagi mavsumda “Lokomotiv” sharafini himoya qiladi.
Sherzodbek Abdulboriyevga “Lokomotiv” oilasiga xush kelibsan deb qolamiz.💪


