Aleksandr Krestinin: “Hakamlikni muhokama qilmayman”

OKMKga qarshi o’yindan keyin jamoamiz ustozi Aleksandr Krestinin matbuot anjumanida qatnashdi.

– O‘yin yuqori tempda va juda yaxshi tarzda o‘tdi. Kurashlar ko‘p bo‘ldi, jamoalar sifatli o‘ynashdi. Ikkala jamoada ham vaziyatlar ko‘p bo‘lmadi, chunki tomonlar himoyada ishonchli o‘ynashdi. Ikkala jamoa ham bittadan gol urdi, lekin OKMK g‘alaba qozondi. Nimaga bunday bo‘lganini bilmayman.

– Hakamlikdan norozimisiz?
– Hakamlikni muhokama qilmayman. Ularga e’tirozim yo‘q.