Ozodbek O’ktamov jamoamiz tarkibida Superligada debyut qildi

27-sentabr kuni jamoamiz Superliganing 20-turida OKMK maydonida mehmon bo’ldi.

Bahsning 90-daqiqasida Ozodbek O’ktamov zaxiradan maydonga tushdi. Bu uning jamoamiz tarkibida Superligadagi debyutiga aylandi.

Garchi so’nggi daqiqada o’yinga qo’shilganiga qaramasdan Ozodbek o’yinni faol o’tkazdi va raqib futbolchisining qizil kartochka olishiga sababchi bo’ldi.