🏟 Asosiy jamoamiz ikkinchi davra uy uchrashuvlarini “Bunyodkor”da o‘tkazadi

👉 Tez orada “Lokomotiv” stadionida maydon chimini almashtirish hamda keng miqyosda ta’mirlash ishlari boshlanishi munosabati bilan stadion ma’lum muddatga yopiladi.

⚽️ Shu bois asosiy jamoamiz Superliga ikkinchi davrasidan o‘rin olgan uy o‘yinlarini “Bunyodkor” stadionida o‘tkazadi. Klubimiz rahbariyati bu borada stadion ma’muriyati bilan muzokara olib borib, tomonlar o‘zaro kelishuvga erishishdi.

✅ “Lokomotiv” ikkinchi davraning 6ta uy uchrashuvida o‘z raqiblarini “Bunyodkor”da qabul qiladi.

“Lokomotiv” – “Olimpik”
“Lokomotiv” – “Qizilqum”
“Lokomotiv” – “Navbahor”
“Lokomotiv” – “Bunyodkor”
“Lokomotiv” – “Nasaf”
“Lokomotiv” – “Neftchi”