Valeriy Kichin – “Lokomotiv” futbolchisi!

“Lokomotiv” futbol klubi mavsum oralig’idagi transferlar oynasida o’z tarkibini kuchaytirishni boshladi.

Qirg’iziston terma jamoasi sardori, milliy terma jamoa tarkibida 47 o’yin o’tkazib, 5 marta raqiblari darvozasini ishg’ol qilgan markaziy himoyachi Valeriy Kichin so’nggi 4 mavsum davomida Rossiyaning “Yenisey” jamoasi sharafini himoya qilgan va 119 uchrashuvda 18 bora raqiblari postiga yo’l topgan.

Valeriy Kichin ikkinchi davrada jamoamiz sharafini himoya qiladi va uning jamoamizdagi faoliyatiga omad tilab qolamiz!

Valeriy Kichin
Tug’ilgan yili va joyi: 1992-yil 12-oktyabr, Qirg’iziston
So’nggi jamoasi: “Yenisey” (Rossiya).