“Lokomotiv” 3 futbolchi bilan xayrlashdi

⚽️ Yozgi tanaffusda jamoamiz safini uch nafar futbolchi tark etdi. Bular – Damyan Krayishnik, Ivan Bulatovich va Izzatilla Abdullayev.

👉 Serbiyalik yarim himoyachi Damyan Krayishnik “temiryo‘lchilar” tarkibida Superliga va Kubokni qo‘shib hisoblaganda jami 14ta o‘yinda maydonga tushib, 3 bor gol muallifi bo‘ldi.

👉 Ivan Bulatovich esa 13ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga faqat bitta gol yozdirib qo‘ydi. Izzatilla Abdullayev ham 13 o‘yinda maydonga tushib, bir bor gol muallifi bo‘ldi.

🚂 “Lokomotiv” PFK jamoamiz bilan xayrlashgan futbolchilarning keyingi faoliyatiga omad tilaydi.

bulat-izzat-damyan