Aleksandr Krestinin: “So‘g‘diyona” kamroq xato qildi va g‘alabaga erishdi”

Superliganing 12-turi doirasida “So’g’diyona”ga qarshi o’yindan keyin jamoamiz bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin fikrlarini bildirdi.

– Yaxshi o‘yin bo‘ldi. Ikkala darvoza yonida ko‘plab vaziyatlar bo‘ldi. Raqiblar himoyada ishonchli o‘yin namoyish qilishdi. “So‘g‘diyona” kamroq xato qildi va g‘alabaga erishdi.

O‘tgan o‘yindagi sifat bugungidagidan pastroq edi. Bugun o‘yin dinamikasi ham yuqori bo‘ldi. O‘yinni tashkillashtirish va hujumlarni amalga oshirish ham yaxshilangan. O‘tgan o‘yindagidan ko‘proq vaziyatlar yaratdik, to‘p bilan bo‘ldik. Yigitlar bu yo‘nalishda yaxshi harakat qilishdi. Xatolardan hech kim sug‘urtalanmagan. Albatta, himoyadagi o‘yinni yaxshilash kerak. Ishlaymiz, xatolardan hulosalar chiqaramiz.