Aleksandr Krestinin: “Durang uchun kelmagandik”

Superliganing 13-turi doirasida “Neftchi” maydonidagi durangdan keyin Aleksandr Krestinin fikrlarini bildirdi.

– Avvalo stadiondagi futbol atmosferasi uchun barchaga rahmat aytaman. Farg‘onaga ilk tashrifim, bu yerda ajoyib stadion, ajoyib muxlislar bor ekan. Bunday atmosferada futbol o‘ynash futbolchilar uchun ham yoqimli. Shuningdek, jamoamiz muxlislariga ham rahmat aytaman. Ular uzoq yo‘l bosib kelishdi, jamoani qo‘llab turishdi. Bu ham muhim. O‘yin biz uchun ham raqib uchun ham qiyin o‘tdi, jamomalar yaxshi tezlikda o‘ynashdi. Raqiblar to‘p bilan ko‘proq bo‘lishdi. Albatta, hozirgi holatimizdan kelib chiqqan holda bugun ochiq futbol namoyish qila olmasdik, bunga jismoniy holat ham to‘sqinlik qilardi. Yigitlarga rahmat, harakater namoyish qilishdi, natijaga erishishdi. Durang uchun kelmagandik. Ammo o‘yinga bahsh qila olgani uchun yigitlarni ta’kidlab o‘tish kerak. “Neftchi” zo‘r jamoa, uyda ham safarda ham tartibli o‘yin namoyish qilishadi. Bugungi o‘yin muxlislarga yoqqan bo‘lishi kerak.