🏆 “Lokomotiv-2015” chempion!

👉 Futbol maktabimizning 2015-yil tug’ilgan tarbiyalanuvchilari Qirg’iz Respublikasida tashkil qilingan “Asian Kids Cup” musobaqasida ishtirok etdi.

⚽️ Kecha turnirning yarim finalida Qozog’istonning “Jeyran” klubi ustidan 2:0 hisobida zafar quchgan Boboxon Ravshanov shogirdlari hal qiluvchi bahsda mezbonlarning “Alga” jamoasini mag’lub etdi – 2:0. “Yosh temiryo’lchilar” safida Abdulloh Husanboyev dublga erishdi.

⚽️ Shu tariqa qirg’iz va qozoq klublari ishtirok etgan musobaqada “Lokomotiv” tarbiyalanuvchilari shohsupaga ko’tarildi.

✅ Ushbu muvaffaqiyat bilan yosh futbolchilarimiz hamda murabbiylarni tabriklab qolamiz.👏