🔥 Sarvar Shoahmedov – Eng yaxshilar qatorida

👉 Ma’lumki, ertaga 23-may kuni O‘zbekiston futzal chempionati o‘z yakuniga yetadi. Turning oxirgi o‘yini bo‘lib o‘tganidan so‘ng “Yunusobod” sport majmuasida taqdirlash marosimi tashkil etiladi.

✅ Marosim paytida “Mavsumning eng yaxshi futzalchisi” ham aniqlanadi. Quvonarlisi, nomzodlar orasida “Lokomotiv” futzalchisi Sarvar Shoahmedov ham bor.

✅ Shoahmedov ushbu mavsum o‘zini ko‘rsatib, yetakchilik qobiliyatini namoyish eta oldi va jamoamizning 4-o‘rinni egallashida munosib hissa qo‘shdi. Sarvarga omad va zafar tilab qolamiz.